2020-2030-yillarda Toshkent shahrining yoʻl-transport infratuzilmasi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish uchun 15 yillik muddatga 200 million dollargacha qiymatda Hukumat kafolati ostida Toshkent shahar hokimligiga qarz mablagʻlari jalb etiladi.

Bektemir va Sirgʻali tumanlarining hududlaridan oqib oʻtuvchi Chirchiq daryosi qirgʻogʻining 16 kilometrlik qismi 65-80 metrgacha toraytiriladi va toraytirish natijasida hosil boʻlgan boʻsh yer maydonlari elektron auksion orqali sotiladi. Umumiy uzunligi 656 kilometr boʻlgan piyodalar va velosipedlar yurish yoʻllari quriladi. Buning uchun Moliya vazirligi Toshkent shahar hokimligiga 2023-yilgacha muddatga 1 trln. soʻm foizsiz ssuda ajratadi.

Vestminster universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Turin politexnika universiteti, “Inxa” universiteti filiallari va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshida biznes-inkubatorlar tashkil etiladi. Inkubatorlar va ularning rezidentlariga soliq imtiyozlari beriladi, ularni rivojlantirishga 12 ta bank masʼul boʻladi.

Qaror loyihasini ishlab chiqqan ham, undagi chora-tadbirlar bajarilishini nazoart qiladigan ham Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, pul beradiganlar esa banklar, Moliya vazirligi, chet ellik kreditorlar.