Chirchiq garnizonida harbiy hizmatchilar uchun yangi inshootlar foydalanishga topshirildi

    Harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun ham bir qancha qulayliklar yaratildi.

    Toshkent harbiy okrugi hududidagi harbiy qismlarda Qurolli Kuchlar tashkil etilganining 30 yilligi arafasida yangi inshoot va kapital ta'mirlangan binolar foydalanishga topshirildi. Bu haqida Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

    O'quv binosi, tibbiyot punkti, yotoqxonalar, Yoshlar ittifoqi vakillari hamda psixologlar faoliyati uchun xona, kutubxona, to'garaklar, ma'naviyat markazi, oshxona, jangovar texnikalarni saqlash hamda mavsumiy ta'mirlash o'tkaza oladigan jangovar texnikalar parki shular jumlasidandir.

    Zamonaviy uskunalar bilan qayta jihozlangan mazkur binoda harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun ham bir qancha qulayliklar yaratildi. Ular to'garaklarda til o'rganib, adabiyot va san'atga ham oshno bo'lishmoqda.