Chirchiq paraqilichbozlari Oʻzbekiston chempionatida 10 ta medalni qoʻlga kiritdi

    Joriy yilning 5-6-iyul kunlari Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida paraqilichbozlik boʻyicha Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtdi.

    Quvonarlisi, mazkur Oʻzbekiston chempionatida ishtirok etgan Chirchiq sport maktabining qizlardan iborat para qilichbozlari yakkalik bahslarda bitta oltin, jamoaviy bahslarda uchta oltin va ikkita kumush medalni qoʻlga kiritishdi. Oʻgʻil bolalar oʻrtasidagi yakkalik bellashuvlarda esa bitta kumush hamda jamoaviy bellashuvlarda uchta oltin medalga sazovor boʻlishdi.

    Shu tariqa Chirchiq sport maktabining qilichbozlik boʻyicha murabbiylari Timur Turtbayev, Alimardon Havasov, Saidbek Djeyenbayev, Albina Nuriddinovalarning shogirdlari ushbu mamlakat chempionatida jami oʻnta medalni naqd qilishdi.