Mamlakatimizda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, aholi, ayniqsa, yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shugʻullanishi, hududda jismoniy tarbiya va sportni yana-da rivojlantirishga qoʻshgan munosib hissasi hamda Chirchiq shahrida ommaviy sport targʻiboti, uning jismoniy va maʼnaviy barkamollikning asosi ekanini targʻib qilish, iqtidorli sportchilarni saralab olish borasidagi mehnati, malakali kadrlarni tayyorlashdagi jonbozligi uchun Chirchiq shahar hokimi Sanjar Yusupov “Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
“Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan Olimpiya, Paralimpiya, Osiyo oʻyinlari hamda jahon, Osiyo chempionatlarida va boshqa nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan, Vatanimiz bayrogʻini baland koʻtarib kelayotgan sportchilarning murabbiylari, jamiyatimizda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, aholi, ayniqsa, yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shugʻullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, jismoniy tarbiya va sportni yana-da rivojlantirishga yoʻnaltirilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilishiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan soha vakillari taqdirlanadi.
Shuningdek, Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi Toshkent viloyati boʻlimi tomonidan ham Toshkent viloyatida, xususan, Chirchiq shahrida qilichbozlik sport turini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun Chirchiq shahar hokimligi alohida tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
Ilhom RAHMONOV