Chirchiq shahrida “Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi” boʻlib oʻtdi

    Mamlakatimizda 29 Noyabr 2021 686

    Joriy yil 25-26-noyabr kunlari Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida metallurgiya, kimyo, elektroenergetika, elektrotexnika, qurilish materiallari sanoati, qishloq xoʻjaligi texnikalari va boshqa sohalar uchun mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar ishtirokida navbatdagi yarmarka tadbirlari tashkil etildi.

    “Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi masʼullari va Mahsulotlarni eksport qilishga koʻmaklashish byurosi xodimlari koʻrgazmada ishtirok etayotgan 58 ta korxona vakillari bilan uchrashib, korxonalarda xalqaro standartlarni joriy etish va sertifikatlashtirishning (SE markirovka, ISO 9001, ISO 14001, ISO 45001, ISO 50001) afzalliklari, eksport mahsulotlar uchun xorijiy davlatlarga qoʻyilgan talablar, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi” 683-sonli Qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyundagi “Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida” PF-6240-son Qarori, “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi” 2020-yil 31-dekabrdagi 826-sonli qarorlar mazmun-mohiyati, tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilgan yangi imtiyozlar va yengilliklarni batafsil tushuntirib oʻtdilar.

    Soha mutaxassislarining ushbu targʻibot faoliyati tadbir soʻnggigacha davom ettirildi.