Aviaparvozlarda Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va Harbiy havo kuchlari qoʻmondoni, general-mayor Ahmad Burxanov ishtirok etib, uchuvchilarning manyovrlarini kuzatib bordi.
Tadbirda soʻz olganlar soha rivoji, ushbu yoʻnalishda hayotga tatbiq etilayotgan yangiliklar xususida toʻxtalib, soha fidoyilarini kasb bayrami bilan samimiy qutladi.
Taʼkidlash joizki, soʻnggi yillar davomida HHM qoʻshinlari va HHK oʻzining professional mahoratini muvaffaqiyatli toblab bormoqda. Shaxsiy tarkib tomonidan yangi va zamonaviy zenit raketa komplekslari, koʻp maqsadli vertolyotlar, zamonaviy harbiy-transport samolyotlari oʻzlashtirildi, taktik aviatsiya parki taʼmirlandi.