Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, prokuratura va DXX xodimlari hamkorligida tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Chirchiq shahar elektr tarmoqlari korxonasi guruh muhandisi B.M. “C.B.” MCHJga qarashli ishlab chiqarish korxonasini elektr tarmogʻiga qayta ulab berishi evaziga tadbirkor Sh.dan 800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 214-moddasi (davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi xizmatchisining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor boʻlishi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.