Chirchiqda tozalikni targ‘ib qiluvchi guruh ish boshladi

    Yashil sayyora 19 Iyun 2020 1045

    «Pokiza insonlar» deb nomlangan mazkur guruh faollari jamoat joylarida aholi tomonidan qoldirib ketilgan chiqindilarni tozalab, barchani ozodalikka amal qilishga targ‘ib etmoqda.

    Guruh etakchilaridan bo‘lgan Shavkat Hasan esa targ‘ibot roliklarida jamoat joylarini pokiza saqlash uchun hasharga chiqishga chaqirmoqda. Shuningdek, fuqarolar tashabbusi bilan «Pokiza insonlar» telegram guruhi ham tashkil etildi.

    — Guruhimiz Obodonlashtirish xizmati xodimlarini qo‘llab quvvatlash va shahrimiz tozaligiga hissa qo‘shish uchun tashkil qilindi, — deyiladi guruh bayonotida.