Ota-onasi chaqaloqlarga Mubina, Muslima va Mo'mina deb ism qo'yishdi. Ayni paytda oiladagi bolalar soni 4 nafarga yetdi. Bungacha Sharaxmetovlarning bir o'g'li bo'lgan.
Oila vakillari ayni paytda go'daklarning ahvoli yaxshiligini, ona va bolalar hali ham viloyat perinatal markazida shifokorlar nazorati ostida ekanligini ma'lum qilishdi.
11 avgust kuni Chirchiq shahar FHDYO bo'limi tomonidan tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomalar egizaklarning otasi Sheroz Sharaxmetovga topshirildi.
2022 yilning 6 avgust kuniga qadar Chirchiq shahrida 2 ming 310 nafar bola dunyoga kelgan bo'lib, shundan 1 ming 206 nafari o'g'il, 1 ming 104 nafari esa qiz. Shu kunga qadar 14 juft egizak tug'ilgan bo'lib, uch egizakning tug'ilish joriy yilda ikkinchi marotaba qayd etildi.
Toshkent viloyati adliya boshqarmasi
matbuot xizmati