Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chiroqchi tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Ch.M.” va “X.F.”oilaviy korxonasi rahbarlari Ch.Yu., Gʻ.X. va boshqalar rasmiy hujjatlarga soxta maʼlumotlar kiritish orqali ATB “Agrobank” Chiroqchi filialidan ishlab chiqarish uskunalarini xarid qilish uchun ajratilgan 80 mln soʻm hamda “X.F.”oilaviy korxonasiga ajratilgan 100 mln soʻm kredit mablagʻlarini oʻzlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborib oʻzlashtirganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.