Chiroqchida Amir Temurning qarovsiz haykali bor

    Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanining Taragʻay qishlogʻida buyuk bobokalonimiz Amir Temurning qarovsiz haykali va boshqa yodgorliklar achinarli tus olgan.

    Maʼlum boʻlishicha, yillar davomida eʼtiborsiz qoldirilgan bu haykallar mahalliy aholi tomonidan qisman taʼmirlangan. Taʼmirlash oʻz ishining ustalari tomonidan olib borilmagani tufayli haykallar “qoʻrqinchli” holga keltirilgan.

    Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev mazkur hududda boʻlganida haykallar va qadimiy yodgorlikning bugungi qarovsiz holati uni hayratlantirdi.

    “Biz Madaniyat vazirligiga xat bilan chiqamiz. Bu holatga befarq qarab boʻlmaydi. Bu baland togʻlarga mos haykal kerak”, — dedi Zoyir Mirzayev.