Chiroqchida chigit ekish boshlandi

    Agrosektor 3 Mart 2021 2480

    Bu haqda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

    Taʼkidlanishicha, Chiroqchi tumanining “Salim Joʻrayev” hududidagi Z.Raximov boshliq “Ilgʻor” fermer xoʻjaligi dalasida tashkil etilgan koʻrgazmali seminarda ham chigit ekishni qulay muddatlarda oʻtkazish, urugʻni sifatli undirish, mavjud ekish, yer tayyorlash guruhlari kuchidan samarali foydalanish masalasiga eʼtibor qaratilgan.

    Joriy yilda tumanda 7 ming 400 gektar maydonga chigit ekish uchun 76 ta seyalka, kultivator, yer tekislash, tayyorlash mexanizmlarini unumli ishlatish rejalashtirilgan.

    “Ilgʻor” fermer xoʻjaligi aʼzolari bahorning ilk kunida tumanda, qolaversa, viloyatda birinchilardan boʻlib 49 gektar maydonga urugʻ qadashni boshladi. Hozirda tumandagi fermer xoʻjaliklarida ham yerga urugʻ qadash qizgʻin boshlab yuborildi.