Avtomashinani to'xtatib, haydovchi bilan muloqotga kirishadi. Mehmon o'zini B.P. deb tanishtirib, tegishli hujjatlari yo'qligini bildiradi.

Avtomashinada esa ikki nafar voyaga etmagan bolalar bo'lib, ular Chiroqchi tumani Xontepa qishlog'ida yashovchi R.M. va A.S. ekanligini, maqsad esa qishloq hududida o'sadigan «Karrak» o'simligini yig'ish uchun bolalarni yollaganligini ma'lum qiladi.

Katta leytenant Nurbek Oqnazarov aniqlangan holatlar — avtomashinani tegishli hujjatlarsiz boshqarish va voyaga etmagan shaxslarni majburiy mehnatga jalb qilish holatlari bo'yicha hujjatlar rasmiylashtiradi.

Ish bunday chappasiga ketishini kutmagan mehmon profilaktika inspektoriga ishni o'z foydasiga hal etish evaziga pora taklif qiladi. Katta leytenant Nurbek Oqnazarov unga bu ishi jinoyat ekanligini, agar niyatidan qaytmasa qonuniy chora ko'rilishi haqida ogohlantirsada, fuqaro unmaydi.

Natijada profilaktika inspektori Nurbek Oqnazarov bu haqda CHiroqchi tuman IIB boshlig'i nomiga bildirgi bilan murojaat qiladi.

YAqinda holat yuzasidan viloyat IIB, Chiroqchi tuman IIB va prokuraturasi hamkorligida o'tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B. P. profilaktika inspektori N.Oqnazarovning xizmat xonasida 5.500.000 so'm miqdordagi pullarni pora tariqasida bergan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Chiroqchi tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro B.P.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atildi.

O'z xizmat vazifasiga vijdonan va sidqidildan yondashib, korruptsion holatni oldini olgani va fuqarolarda ichki ishlar organlariga bo'lgan ishonchni mustahkamlagani uchun katta leytenant Nurbek Oqnazarov boshqarma rahbariyati tomonidan pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati