“CHiroyli” mobil` raqamlari birjaning onlayn-auktsioni orqali sotiladi

    Biznes 29 Iyul 2020 5557

    2020 yil 29 iyul` kuni O'zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi va “Mobiuz” (Universal Mobile Systems) mobil` aloqa operatori o'rtasida talab yuqori bo'lgan mobil raqamlarni birjaning onlayn autsioni orqali sotish bo'yicha kelishuvga erishishdi.

    Mazkur kelishuvdan ko'zlangan asosiy maqsad “Mobiuz” kompaniyasining talab yuqori mobil` raqamlarini onlayn tarzda sotish orqali ulardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishdan iboratdir.
    Hamkorlik doirasida joriy yilning 15 avgust sanasidan boshlab “Mobiuz” kompaniyasining talab yuqori bo'lgan mobil` raqamlari birjaning mobilraqam.uzex.uz platformasida sotila boshlanadi.
    eslatib o'tamiz, mazkur savdo platformasi talab yuqori kombinatsiyaga ega bo'lgan uyali aloqa raqamlarini birjaning onlayn-auktsionlari orqali sotish maqsadida 2019 yilda ishga tushirilgan.
    Kutilayotgan onlayn-savdolar ochiqlik, oshkoralik, sog'lom raqobat va savdo ishtirokchilari uchun teng sharoitlarni yaratib berish tamoyillariga asoslangan holda o'tkaziladi.