Sessiyada Murojaatnomada belgilangan gʻoya va yoʻnalishlar asosida viloyatda yangi “oʻsish nuqtalari”ni ishga solish, aholi turmushini yaxshilash boʻyicha mahallabay, “mahalla – islohotchi” tizimini joriy etish yuzasidan vazifalar belgilab olindi. Bunda, birinchi navbatda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish orqali aholi bandligi va daromadini oshirish, kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha mahallabay va “fuqarobay” ishlar jadallashtirilishi qayd etildi.
Prezident Pop tumani Chodak qishlogʻida 300 ta mehmon uylarini tashkil etish uchun oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 50 milliard soʻmlik kredit ajratilishini maʼlum qildi. Shu bilan birga qishloqda joriy yilda har biri 20 kvartiralik 5 ta koʻp qavatli uy quriladi.