Mudofaa vazirligi ma'lumotiga ko'ra, iqlimi o'zgaruvchan, cheksiz qumliqlardan iborat bo'lgan hududlarda birinchi navbatda harbiy xizmatchilarning yashovchanligini oshirish, qo'yilgan jangovar vazifani sifatli bajarilishiga erishish maqsadida poligon negizida O'zbekiston Mudofaa vazirligi bo'linmalarini cho'l sharoitida tayyorlash markazi yaratilib, unda birinchi 14 kunlik o'quv kursini tamomlagan 48 nafar harbiy xizmatchiga tegishli sertifikatlar tantanali tarzda topshirildi.
Tadbirda ushbu markaz hududimiz iqlimi, rel'efi va tabiiy sharoiti bilan harbiy xizmatchilarni cho'l hududida yashay olishga va jangovar vazifalarni sifatli bajarishga o'rgatishi bilan ahamiyatli ekani ta'kidlandi. Markazda o'rganuvchilar tomonidan olingan nazariy bilim va amaliy ko'nikmalar endilikda harbiy jamoalarda ham keng targ'ib etiladi.