“Aziya Trans Gaz” qoʻshma korxonasi tashabbusi bilan avvaliga 8 gektar yerga qayragʻoch, jiyda va boshqa iqlimga mos daraxt-butalar ekildi. Buning uchun mutaxassislar jalb qilinib, tuproqni «barhayot« qilish uchun bio-oʻgʻitlar, biogumuslardan foydalanildi.
Bu hudud nafaqat xushmanzara, balki tabiiy havo tozalaydigan, tuproqni barqarorlashtiruvchi va atrof-muhitni yaxshi tomonga oʻzgartiruvchi jonli maskanga aylanyapti.
Bunday ishlar koʻp boʻlsa, ertangi kun – farzandlarimizning nafas olish muhiti, yurtimiz ekologik holati ham ancha yaxshilanadi.