Cho'lpon haqida film suratga olinadi

    “Oʻzbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Media Illusion” studiyasi tomonidan “Choʻlpon. Qush esdaligi” hujjatli filmi suratga olinadi.

    Mazkur film yetuk adib, buyuk maʼrifatparvar shoir va yozuvchi Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlpon hayoti va ijodiga bagʻishlangan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil Adiblar xiyoboniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari yuzasidan “Xalq yuragi” turkumi ostida tasvirga olinmoqda.

    “Choʻlpon. Qush esdaligi” filmida Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlponning qatagʻonga uchrashi, bunga asosiy sababchi boʻlgan sobiq rus imperiyasi va ijodkorni qatagʻon ostonasiga yetaklab kelgan sotqinlar fosh etiladi.

    Csenariy muallifi Erkin Bozorov, rejissyor va prodyuser Husan Rashidov, operator Jahongir Ibragimov, rassom Shuhrat Abdumalikov, kartina direktori Kamila Matenova.

    Filmning suratga olish ishlari Toshkent, Buxoro viloyatlarida va Qoʻqon shahrida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

    "Oʻzbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati