2023-yil 16-iyun kuni Samarqand tumani “Yangiariq” mahallasida joylashgan “Vavilon” choʻmilish havzasining ochilish marosimida Samarqand tuman “Kulba” mahallasida yashovchi fuqaro D.Nasimov ommaviy tadbirlarni oʻtkazish qoidasini qoʻpol ravishda buzib, 2000 ga yaqin fuqarolar ishtirokida ommaviy tadbir uyushtirgan.
Tadbirda bir guruh raqqosa qizlarning yarim yalangʻoch holatdagi behayo oʻyinlari, jamoat joyida yurish-turish qoidalariga amal qilinmaganligi aniqlandi.
Holat yuzasidani tadbir tashkilotchisiga nisbatan hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy qaror qabul qilish uchun JIB Samarqand tuman sudiga yuborildi.
Tadbirda behayo oʻyinlar koʻrsatgan raqqosalar teri-tanosil kasalliklari koʻrigidan oʻtkazilib, OITS va OIV ga tekshirish uchun qon tahlillari olinib, ular bilan tushuntirish ishlari olib borildi.