Chorraha ustuniga radar oʻrnatayotgan muhandis baxtsiz hodisa qurboni boʻldi

    Qibray tumanida chorraha ustuniga avtomobil radarini oʻrnatayotgan muhandis tok urishi sabab vafot etdi.

    Bu haqda Toshkent viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi buyrugʻida maʼlum qilingan.

    Unda aytilishicha, hodisa 2024-yil 1-may kuni sodir boʻlgan. 1998-yilda tugʻilgan, kompyuter tarmogʻi muhandisi M.S Universitet va Salar chorrahasida ishlayotib, qurbon boʻlgan. U 6,5 metr balandlikda elektr simlarini ulash jarayonida havo elektr uzatish tarmogʻiga tegib ketgan va jarohat sabab olamdan oʻtgan.

    Mazkur baxtsiz hodisani tekshirish va maʼlumotlarni tegishli joylarga taqdim etish uchun komissiya tuzildi.