Yopiq suzish havzasi hozirgacha Namangan shahri, Pop, Chust, Namangan va Yangiqoʻrgʻon tumanlarida faoliyat koʻrsatgan boʻlsa, endilikda chortoqlik yosh sportchilarga ham bunday imkoniyat yaratib berilgani ular uchun oʻziga xos bayram tuhfasi boʻldi.
Doʻstlik mahallasi hududida 60 sotix maydonda 6,2 milliard soʻm miqdoridagi respublika byudjeti mablagʻlari hisobiga qurib bitkazilib, Chortoq tuman bolalar va oʻsmirlar sport maktabi ixtiyoriga berilgan mazkur inshootda 11×25 metr oʻlchamdagi suzish havzasi, murabbiylar va shugʻullanuvchilar uchun yuvinish, kiyinish, tibbiyot va dezinfeksiya qilish uchun maxsus xonalar hamda 120 tomoshabinga moʻljallangan oʻrindiqlar mavjud, deb xabar beradi Namangan viloyat hokimligi matbuot xizmati.