Choyni qaynoq holatda ichish xavfli — shifokor

    Vrach-diyetolog, tibbiyot fanlari doktori Margarita Korolyeva choyni qaynoq holatda ichish qizilo'ngach saratonini keltirib chiqarishi mumkinligini aytib o'tdi, deyiladi m24.ru saytida.

    “Odamlar og'iz shilliq qavatini kuydirib issiq choy ichishadi. Bu holat har kuni davom etadi”, deydi diyetolog.

    Mutaxassisning aytishicha, og'iz shilliq qavatining issiq ichimlik orqali doimiy zararlashi onkologik kasalliklar rivojlanishiga sabab bo'lishi mumkin.

    “Bu haqda o'z vaqtida AQSHdagi saraton instituti ham gapirib o'tgandi. Oshqozon-ichak trakti, xususan, qizilo'ngach bilan bog'liq kasalliklarining oldini olish uchun issiq ichimliklar va taomlardan voz kechish JSST tavsiyalar ro'yxatida ham o'rin olgan”, deya qayd etdi shifokor.