баннер
21 Apr 2025
20:51

    Chust tumanidan oʻtgan magistral yoʻl boʻyida “Hunarmandchilik markazi” tashkil etiladi

    Namangan viloyatining Chust tumanida 4R-112 magistral yoʻl boʻyida “Hunarmandchilik markazi” tashkil etish rejalashtirilgan. Hudud zamonaviy infratuzilmaga ega “Hunarmandlar shaharchasi” sifatida faoliyat yuritadi.

    Qayd etilishicha, Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov bir qator istiqbolli loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

    Unda Davlatobod-Toʻraqoʻrgʻon tumanlarini bogʻlovchi magistral yoʻl boʻyida ham maxsus sanoat zonasi tashkil etish loyihasi muhokama qilindi. Loyiha 85 gektar maydonni qamrab olib, sanoat korxonalari hamda logistika markazlarini joylashtirishni nazarda tutadi.

    Ushbu sanoat zona doirasida bojxona ombori tashkil etish masalasi ham muhokama qilindi.

    Shuningdek, Namangan shahar Uychi koʻchasidagi keyingi bosqichda qayta qurish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirilish ishlari boʻyicha taqdimot oʻtkazildi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech