Chustda bolalar zaharlanishi bilan bogʼliq holat sogʼliqni saqlash vaziri qatʼiy nazoratiga olindi

    Chust tumanida bolalar ommaviy ravishda kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar berilgan edi. Sogʼliqni saqlash vazirligi holat boʼyicha qoʼshimcha izoh berdi.

    Xabarga koʼra, Namangan viloyatining Chust tumanida maktabgacha taʼlim tashkilotidagi bolalar bilan sodir boʼlgan zaharlanish holati yuzasidan Sogʼliqni saqlash vazirligi barcha kerakli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

    Tuman tibbiyot birlashmasiga qabul qilingan bolalarning barchasiga belgilangan standartlar boʼyicha davo muolajalari olib borilmoqda.

    Ularga yakuniy tashxis qoʼyish maqsadida belgilangan talablar asosida namunalar olinib, ekspertizadan oʼtkazilmoqda.

    Аyni paytda bolalarning holati qoniqarli, ulardan 10 nafarining ahvoli yaxshilangani sababli uyiga ruxsat berildi.

    Tumanda sodir boʼlgan ushbu holat shaxsan Sogʼliqni saqlash vaziri tomonidan qatʼiy nazoratga olingan.

    Mazkur holat sabablariga oydinlik kiritilgach, qoʼshimcha axborot beriladi.