Chustdagi 52-ixtisoslashtirilgan maktabning barcha bitiruvchilari talabalikka qabul qilindi

    Ta'lim 27 Sentabr 2020 4359

    Taʼlim va taraqqiyot yoʻlidagi odimlar, kelajak egalari kamoli uchun yaratilayotgan imkoniyatlar ular zabt etayotgan muvaffaqiyatlarda yaqqol namoyon boʻlmoqda.

    Buning yorqin ifodasini Namangan viloyatining Chust tumanidagi 52-ixtisoslashtirilgan davlat umumiy oʻrta taʼlim maktabi misolida ham koʻrish mumkin.

    2019 - 2020 oʻquv yilida mazkur ilm maskanini bitirgan 18 nafar oʻquvchining barchasi, yaʼni 100 foizi talabalar safiga qabul qilindi.

    - Bu yutuq nafaqat 29 nafar maktab jamosidagi ustoz-muallimlarning yutugʻi, balki bitiruvchilarning ilm-maʼrifat yoʻlidagi intilishlari hamda ota-onalarning eʼtibori samarasi hamdir. Bunday muvaffaqiyat bizga yana-da ishtiyoq bagʻishlab, kelgusida ham barcha bitiruvchilarimiz shunday natijalarga erishishi borasida astoydil faoliyat yuritishimizga qanot boʻladi, - deydi maktab direktori Fazliddin Qoʻchqorov.

    Yurt bunyodkori boʻlgan iqtidorlarga yana-da baland marralarni zabt etish yoʻlida shijoat va omad tilaymiz.

    Namangan viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.