Ayni paytda Byuroning Chust tuman boʻlimi davlat ijrochilari oʻzlariga biriktirilgan mahalla fuqarolar yigʻinida “mahallabay” tizimi orqali sud va boshqa organlari hujjatlar ijrosini taʼminlash maqsadida uyma-uy yurib, muammolarni oʻrganishmoqda. Kuzatishlar davomida ajrashib ketgan oilalarni yarashtirish, aliment qarzdorliklarni bartaraf etish kabi masalalar ijobiy hal etilmoqda.
Masalan, Tohirjon Amonov va Sevara Karimova oʻtgan yili oilaviy kelishmovchilik sabab ajrashib ketishgan edi. Fuqarolik ishlari boʻyicha Chust tumanlararo sudining karoriga asosan 1 nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy taminoti otaga yuklatiladi. Davlat ijrochilari ota bilan xonadonida suhbatlashib, aliment oʻz vaqtida yoki oldindan toʻlashi tushuntiriladi. Bundan toʻgʻri xulosa chiqargan Tohirjon Karimov Byuroning Chust tuman boʻlimiga farzandi moddiy taʼminoti uchun oldindan
5 yilligini hisoblab berishni soʻrab murojaat yoʻllaydi. Davlat ijrochisi tomonidan 2021-yil mart oyidan 2026-yil mart oyiga qadar aliment qarzdorligi hisoblanganda 30.941.574 soʻmni tashkil etdi. Masʼuliyatini anglagan ota hisoblangan aliment pulini toʻlab qoʻydi.
Shuningdek, Majburiy ijro byurosi Chust tuman boʻlimi tomonidan olib borilgan tushuntirish va targʻibot tadbiridan soʻng ota farzandi uchun voyaga yetgunga qadar hisoblangan summa oʻrniga hovli hadya qildi.
Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari boʻyicha Chust tumanlararo sudining 2019-yil 25-oktyabrdagi qaroriga koʻra Yigitali Joʻrayevdan undiruvchi Odinaxon Yoʻldosheva foydasiga 1 nafar farzandi moddiy taʼminoti undirish belgilangan. Mazkur ijro hujjati Byuroning tuman boʻlimi ish yurituviga olingan va qaror qabul qilinib, taraflarga yuborilgan. Fuqaro Yigitali Joʻrayev davlat ijrochisi tomonidan aliment mablagʻini oʻz vaqtida toʻlashligi boʻyicha ogohlantirilgan va oʻz vaqtida toʻlab kelayotgan edi. Unga navbatdagi targʻibot mobaynida amaldagi qonunchilikga koʻra, voyaga yetgunga qadar pul yoki mol-mulk shaklda berilishi mumkinligi bildirilgan.
Kuni kecha u Byuroning Chust tuman boʻlimiga ariza bilan murojaat etib, 1 nafar voyaga yetmagan farzandining 18 yoshgacha boʻlgan davr uchun hisoblab berishni soʻradi. Davlat ijrochisi tomonidan aliment mablagʻ hisoblandi va aliment qarzdorligi oʻrniga tuhfa sifatida uy berdi. Mazkur ijro hujjati amalda tamomlandi.
Ulugʻbek ABDURAHMONOV,
MIB Chust tuman boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari.