Bu haqida Milliy telekanali orqali ma’lum qilindi.

Hodisa 1 aprel kuni Bo‘zsuv temiryo‘l stansiyasida yuz bergan. 2009 yilda tug‘ilgan o‘smir do‘stlari bilan vagon ustiga chiqqan va shu vaqtda elektr tarmog‘idagi yuqori kuchlanishli tok urgan.

Shifokorlar ma’lumotiga ko‘ra, o‘smir tanasining taxminan 85 foizi kuygan.

Reanimatolog Elyor Abdunazarovning aytishicha, vagon ustida elektr yoyi hosil bo‘lib, alanga chiqqan. Oqibatda bemor kuyib, yerga yiqilgan va og‘ir ahvolda shifoxonaga olib kelingan.

Hozirda o‘smir reanimatsiya bo‘limida bo‘lib, unga intensiv davolash choralari ko‘rilmoqda. Uning holati shifokorlar nazorati ostida ekani bildirildi.