Oiladagi notinchlik, ajrimlar sabab faqat er-xotin aziyat chekmaydi. Bunday holatlarda o'sha oila farzandlari – ertamiz egalari bo'lgan yoshlar kamoloti ham so'roq ostida qoladi.
Mamlakatimizda oilaviy ajrimlarning oldini olish bo'yicha muntazam chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu borada davlat idoralari va jamoat tashkilotlari hamkorligiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ajrimlar kamayishi uchun barcha imkoniyatlar ishga solinmoqda.
Xususan, Sirdaryo tumanida ham “Baxtli oila” aktsiyasi 12-son Bolalar musiqa va san'at maktabining faollar zalida bo'lib o'tdi.
O'tkazilgan aktsiyada Professor, ma'rifat tarig'ibotchilar jamiyati a'zosi, psixolog Jamila SHermuhammedova, O'zbekiston Respublikasi Ma'naviyat va ma'rifat markazi Sirdaryo viloyati bo'limi rahbari G'aybulla YUsupov, tuman Fuqarolik sudi raisi SHavkat Tavbaev, tuman hokimi o'rinbosari Baxtiyor Norqulov, tuman Mahalla va oilani quo'llab quvvatlash bo'limi boshlig'i o'rinbosari Nafisa Jo'raevalar ishtirok etdi.
Tadbirga tumanimizda ajrim yoqqasida kelib qolgan oilalar taklif etildi. Suhbat davomida muammolar o'rganilib, 3 ta oila yarashtirildi, 7 ta oilaga ikki tomon o'zaro murosaga kelishlari uchun muhlat berildi.