Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Qashqadaryo viloyati, Yakkabogʻ tumanida yashovchi 28 yoshli oshpaz O.A. sodir etganligi aniqlandi.

Unga koʻra, O.A., jabrlanuvchi K.B.ning qoʻl telefoniga qoʻngʻiroq qilgan va oʻzini "Click" operatori sifatida tanishtirib, "SMS" xabarnoma yuborish orqali boshqaruv huquqini qoʻlga kiritib, 7.000.000 soʻm miqdoridagi pullarni oʻtkazib olgan va pullarni oʻz ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, O.A.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.