Bu haqda CNN Brasil Braziliya harbiy-dengiz kuchlariga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, kema 14-sentabr kuni kechqurun Atlantika okeanidagi Itamarka orolida joylashgan Resifi shahridan chiqib ketgan va 15-sentabrga o'tar kechasi cho'kib ketgan. Hodisa sabablari o'rganilmoqda.
Braziliya harbiy-dengiz kuchlari ma'lumotlariga ko'ra, kemada to'qqiz kishi bo'lgan, ulardan to'rt nafari qutqarilgan, yana besh nafar ekipaj a'zosini qidirish ishlari olib borilmoqda, deb xabar beradi tass.ru.
Braziliya rasmiylari odamlarni qidirishda yordam berishlari uchun voqea haqida hududdagi kemalarni xabardor qilgan.