Unda jahon ahamiyatiga ega eng nodir madaniy meros buyumlari aks ettirilgan boʻlib, Oʻzbekistonni islom olamining eng muhim tarixiy markazlardan biri sifatida ochib beradi.

Taʼkidlash joizki, mazkur film CNN tashabbusi bilan yaratilgan boʻlib, mashhur xalqaro telekanalning mualliflik loyihasi hisoblanadi. Yangi yil dasturlari davomida film besh marta namoyish etildi. Bu esa Islom sivilizatsiyasi markazi mavzusiga hamda Oʻzbekistonning madaniy merosiga xalqaro tahririyat va auditoriya tomonidan katta qiziqish va eʼtibor qaratilganidan dalolat beradi.

Hujjatli film namoyishidan oldin eksklyuziv videorolik taqdim etildi. Unda Islom sivilizatsiyasi markazining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusiga oid mualliflik konsepsiyasi yoritilgan. Videomaterialda xalqaro siyosatchilar va jamoat arboblari loyihani yuksak baholab, uni maʼrifat, muloqot va gumanistik qadriyatlarga yoʻnaltirilgan zamonaviy madaniy-sivilizatsiyaviy makon sifatida eʼtirof etdilar.

Videorolikda Islom sivilizatsiyasi markazining noyob lavhalari, jumladan, afsonaviy Usmon musʼhafi, Muqaddas Kaʼbaning kalitlari, Amir Temur bisotida saqlangan Qurʼondan bir parcha, shuningdek, islom va jahon madaniy merosining xazinasini tashkil etuvchi boshqa butun dunyo ahamiyatidagi artefaktlar namoyish etilgan. Ushbu material Euronews telekanali efir dasturida ham taqdim etilgan.

10 gektar hududda barpo etilgan majmua beshta galereyani birlashtirib, islomni bilim va bagʻrikenglik dini sifatida ochib beradi. Markaz ekspozitsiyalari Movarounnahr allomalarining jahon ilmi va madaniyati rivojiga qoʻshgan ulkan hissasini yaqqol namoyish etadi.

Markazning xalqaro eʼtirofi “Oskar” mukofoti sohibi Ben Kingsli ishtirokida amalga oshirilgan “Maʼrifat aks-sadosi” madaniy-maʼrifiy loyihasi bilan ham tasdiqlanadi. Bu esa ushbu tashabbusning yuksak maqomi va ahamiyatini yanada yaqqol koʻrsatadi.

Hamkorlik materiali