Maʼlum boʻlishicha, joriy yilning 20-iyun kuni soat 13:30 da Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi “Toʻdakoʻl” suv omborida Buxoro viloyatida tugʻilgan fuqaroga tegishli boʻlgan oq rangli “Cobalt” avtomobili haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida suv omboriga oqib ketgan.
Aniqlanishicha, suv ombori qirgʻogʻida turgan avtomobilni kuchli suv toʻlqini oqim bilan ichkariga olib kirgan.
Ushbu vaziyat boʻyicha FVVga maʼlumot kelib tushmagan va voqea joyidagi fuqarolar yordamida avtomobil suvdan chiqarib olingan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.