Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi xabarga munosabat bildirdi.
"Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Hindistonning “Fourrts Laboratories” tomonidan ishlab chiqarilgan mazkur dori vositasi O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganini ma’lum qilib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlar yuzasidan yurtdoshlarimiz xavotirga tushmasliklarini bildiradi", deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, dori vositalarining, tibbiy buyumlarning va tibbiy texnikaning tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga, qoida tariqasida, ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin ruxsat etiladi.
2023 yil fevral oyidan boshlab, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan va mamlakatimizga kirib kelayotgan sirob shakldagi dori vositalari tarkibi dietilenglikol (DEG) va etilenglikol (EG) zaharli moddalari bo‘yicha chuqur tekshirilib, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan bu borada qat’iy nazorat o‘rnatilgan.