COVID-19dan tuzalgan bemorlarda MIS-Cga o'xshash MIS-A yallig'lanish sindromi paydo bo'lishi mumkin. Bu bolalar va o'spirinlarda koronavirus tufayli yuzaga keladigan og'ir asoratdir. Bu haqda AQSH kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi o'zining haftalik hisobotida ma'lum qildi.
Bolalardagi sindromning alomatlariga yallig'lanish jarayoniga qo'shimcha ravishda yurak muammolari va qorin og'rig'i ham kiritilgan. SHuningdek, yurak-qon tomir tizimi va oshqozon-ichak trakti bilan bog'liq alomatlar bilan birga dermatologik va nevrologik simptomlar bilan murojaat qilgan 27 nafar yoshi katta bemor holati haqida ma'lum qilingan. Ularda o'tkir nafas yo'llari kasalligi kuzatilmagan. Ammo koronavirusga topshirgan testi musbat natija ko'rsatgan. AQSH kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazining ta'kidlashicha, sindromning qanday rivojlanishini tushunish uchun qo'shimcha tadqiqotlar o'tkazish kerak. Hozircha mutaxassislar faqatgina COVID-19ni davolash MIS-A kabi og'ir asoratning oldini olishga sabab bo'lishi mumkinligini ta'kidlamoqda.
Mutaxassislar 16 bemorning holatini batafsil bayon qilmoqda. Gap AQSH va Buyuk Britaniyalik 21 yoshdan 50 yoshgacha bo'lgan 16 kishi haqida ketmoqda. Ularning yurak-qon tomir tizimida asoratlar, jumladan, aritmiya borligi aniqlandi. O'n ikki nafar bemorda yuqori harorat bo'lgan. Ammo MIS-A boshlanishidan oldin atigi sakkiz nafarida shamollash alomatlari kuzatilgan. O'n nafar bemor intensiv terapiyaga yotqizilgan, ularning ikki nafari vafot etgan.
Olimlarning yozishicha, koronavirus bilan og'rish va MIS-A kabi og'ir asoratning paydo bo'lishi o'rtasida qancha vaqt o'tishi aniq emas. SHu sababli, noaniqlik kuchayadi: sindrom virusli kasallikning o'tkir shaklda namoyon bo'lishi yoki “yuqumli kasallikdan keyingi jarayon” bo'lishi mumkin. Odatda COVID-19 belgilari haqida xabar bergan bemorlarda o'rtacha 2-5 haftadan so'ng MIS-A sindromi rivojlanadi.