COVID-19 dan keyin xotira yo'qolishining sababi aniqlandi

    Rio-de-Janeyro Federal universiteti (UFRJ) mutaxassislari COVID-19 dan keyin xotira yo'qolishining sababini aniqlashdi. Tadqiqot natijalari Cell Reports jurnalida elon qilindi.

    Ma'lumki, koronavirus infeksiyasiga chalinganlarning ko'pchiligida postkovid sindromini rivojlanadi, bunda boshqa kasalliklar qatorida kognitiv qobiliyat va xotiraning buzilishi yuzaga keladi.

    Endi bu alomatni yuzaga kelishiga sabab bo'ladigan mexanizmlarni aniqlash imkoniyati paydo bo'ldi. Laboratoriya sichqonlarining miyasiga SARS-CoV-2 boshoq oqsili – zaharli patogen oqsili yuborildi. Bu koronavirusning xo'jayini hujayrasi ichiga kirib borishiga imkon berdi. Eksperimental subyektlarning miyasini o'rganib chiqqandan so'ng, mutaxassislar TLR4 retseptorini aniqlashdi, u boshoq oqsili bilan bog'langanda neyron yallig'lanishini keltirib chiqaradi, bu esa makrofaglar tomonidan neyronlar orasidagi aloqalarni yo'qolishiga olib keladi. Natijada tadqiqot subyektlari xotira bilan bog'liq muammolarga duch kelishdi.

    Bundan tashqari, bu jarayon nafaqat sichqonlarda, balki odamlarda ham kuzatilgan. Bundan tashqari, TLR4 o'zgarishi bilan bog'liq genetik o'zgarishlarga ega bo'lgan shaxslarda SARS-CoV-2 infeksiyasidan keyin xotira buzilishining kech rivojlanish xavfi yuqori bo'ldi.

    Tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, boshoq oqsili COVID-19 dan keyin kognitiv o'zgarishlarning rivojlanishida muhim rol o'ynaydi. TLR4 esa koronavirus tufayli kelib chiqqan xotira buzilishiga qarshi kurashish uchun profilaktika va terapevtik usullarni ishlab chiqish uchun samara beradi, deb xabar beradi lenta.ru.