“SARS-CoV-2” sog'liqni saqlash tizimiga tahdid solishda davom etmoqda va kamida keyingi besh yilda emlash va ma'lumotlar monitoringi orqali faol kuzatuvni talab qiladi”, deyiladi mutaxassislarning bayonotida.

Shu bilan birga, ekspertlarning ta'kidlashicha, agar emlash, epidemiologik nazorat va infeksiya tarqalishining global oldini olish choralari etarli darajada samarali bo'lmasa, bu muddat uzayishi mumkin.

Bayonotda, shuningdek, 5-10 yil ichida vaksinalar va boshqa tadbirlar yordamida ommaviy immunitetni saqlab turish, shuningdek, profilaktika va cheklov choralarini qo'llash mumkinligi ta'kidlangan.

Olimlar boshqa Evropa davlatlari bilan solishtirganda Buyuk Britaniyada aholini emlash tufayli COVID-19 bilan bog'liq vaziyat barqarorlashganini ta'kidladi.