COVID-19 ning cho'chqa grippidan farqi nimada?

    Salomatlik 26 May 2020 1379

    Bunga shifokor javob berdi.

    “Koronavirus bilan kasallangan odam cho'chqa grippidan farqli o'laroq bu kasallikni 14 kun davomida boshqalarga ham yuqtirishi mumkin, deydi Valin nomidagi kasalxonaning bo'lim boshlig'i, terapevt Andrey Nagovitsin.

    YAna bir farqi kasallikning inkubatsiya davridir. Koronavirusning inkubatsiya davri 6 kundan 14 kungacha davom etadi. CHo'chqa grippida bu davr 2 kundan 4 kungachadir.

    SHuningdek, Andrey Nagovitsinning ta'kidlashicha, koronavirus infektsiyasiga chalingan odam uni ko'proq odamga yuqtirishi ehtimoli yuqori.

    CHo'chqa grippi bilan kasallangan odam bir sutka oldin simptomlarini bildiradi. Koronavirus esa butun inkubatsiya davri davomida virusni tarqatib yuraverishi mumkin. Ushbu virus tashqi muhitda tirik holatda uzoq vaqt yashab qolish qobiliyatiga ega, deydi shifokor.

    Ushbu kasallikning xavfliligi nimada? Biz bu kasallikni umuman bilmasligimizda. Davolash diagnostika vositalari endi yaratiladi.

    Nagovitsinning ta'kidlashicha, kasallik tarqalishini nazorat qilish va aholining karantin qoidalarga rioya qilishi infektsiyani engishga va ommaviy tarqalishiga qarshi muhim vosita bo'ladi.