Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti vakili Margaret Xarris COVID-19 pandemiyasini “bitta katta toʻlqin” deb atadi va infeksiya grippning faslga moyilligi bilan oʻxshash emasligini aytdi. Bu haqda Reuters yozmoqda.
“Biz birinchi toʻlqinda turibmiz. Bu bitta katta toʻlqin boʻladi ”, dedi Xarris.
AQSHda yoz oylarida kasallik qayd etilgan katta koʻrsatkichlarga ishora qilib, u ehtiyot choralarini koʻrish va ommaviy yigʻilishlardan ogohlantirgan. “Yoz - bu muammo. Ushbu virus har qanday ob-havoni yaxshi koʻradi”, deya qoʻshimcha qildi u.
Biroq Xarris COVID-19 holatlari janubiy yarim sharning qishda odatdagi mavsumiy gripp holatlariga toʻgʻri kelishidan tashvish bildirdi va aytishicha, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti buni diqqat bilan kuzatmoqda.
Hozircha, uning soʻzlariga koʻra, laboratoriya namunalarida grippga chalinish holatlari koʻp emas, bu esa mavsumning odatdagidan ancha kech boshlanishini anglatadi.
“Agar sizda nafas olish kasalligi boʻlsa yoki shunday kasallik bilan ogʻrish xavfi yuqori boʻlsa, bu sogʻliqni saqlash tizimiga yana-da koʻproq bosim oʻtkazadi”, dedi u va odamlarni grippga qarshi emlanishiga chaqirdi.