Komilovning taʼkidlashicha, bu masalada siyosiylashuvdan qochish kerak.

“Prezidentning pandemiya toʻgʻrisidagi barcha bayonotlarining maʼnosi shundan iboratki, ishlab chiqilayotgan vaksinalar insoniyat oʻnlab asrlar davomida toʻplab kelgan bilimlar asosida yaratilmoqda. Shuning uchun ushbu mahsulotlar butun insoniyatga tegishli boʻlishi kerak. Bu yerda har qanday siyosiylashuvdan qochish kerak. Agar biror yerda vaksina paydo boʻlsa, uni kimdir olishi mumkin, kimdir esa ololmaydi. Prezident pandemiyani yengishga yordam beradigan vositalarga barcha odamlar, millatlar va xalqlar teng egalik qilish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak”, — degan vazir.