Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, koronavirus infeksiyasi bilan ogʻrigan bemorlarda oʻtkazilgan 35 ta tadqiqot natijasi ularning 15 foizida oshqozon-ichak trakti alomati kuzatilayotganini koʻrsatdi. Alomatlarning eng keng tarqalgani koʻngil aynishi, qusish, diareya va ishtahaning yoʻqolishidir.

Shu bilan birga, u, har oʻninchi bemorda kasallikning boshqa koʻrinishlari umuman kuzatilmasligi, bu virusning mutatsiyasiga bogʻliq boʻlishi mumkinligini taʼkidladi.

“Tizimli yalligʻlanish va mikrosirkulyatsiyaning buzilishi oshqozon ichak-trakti shilliq pardasi oʻtkazuvchanligini oshiradi. Hozirgi vaqtda oshqozon-ichak trakti nafas olish organlari bilan birgalikda koronavirusning “kirish eshigi” boʻlib xizmat qilishi mumkin, degan taxmin koʻrib chiqilmoqda”, dedi mutaxassis.