Maʼlumot o'rnida, “CrescentRating” tashkiloti “Global Muslim Travel Index” (“Jahon musulmon sayohati indeksi”) xalqaro reytingini tuzib boradi. 2022-yilgi reytingda Oʼzbekiston ushbu reytingning 9-oʼrnida qayd etilgan.
Taʼkidlash joizki, 2019-yil 21–23-fevralda oʼtkazilgan Ikkinchi Xalqaro ziyorat turizmi forumi doirasida Turizm va madaniy meros vazirligi va "SressentRating" tashkiloti oʼrtasida Oʼzbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirish va mamlakatning “Jahon musulmon sayohati indeksi”dagi mavqeini yaxshilashga doir hamkorlik yoʼlga qoʼyilgan.
Turizm va madaniy meros vazirligida bo'lib o'tgan uchrashuvda Aziz Abduhakimov Xiva shahrining “Islom dunyosining turizm poytaxti” deya eʼlon qilingani katta yutuq ekanligini alohida ta’kidladi.
Tashrif davomida Fazal Bahardin Xivadagi Jome masjidi, shuningdek, O‘zbekistonda Islom mamlakatlaridan kelayotgan turistlarni qabul qilish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Shuningdek, Fazal Bahardin ziyorat turizmi haftaligi davomida "Halal Food Market in Uzbekistan" tadqiqotini yakunlab, namoyish etish niyatida ekanligini ta'kidladi.
Uchrashuv davomida Bosh vazir o‘rinbosari O‘zbekistonning “Halal in Travel – Global Summit 2022” sammitida “CrescentRating”ning 3 ta nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘lganini mamnuniyat bilan yodga oldi va buning uchun alohida minnatdorlik bildirdi.
O‘z navbatida Fazal Bahardin ziyorat turizmi haftaligi davomida "Halal Food Market in Uzbekistan" tadqiqotini yakunlab, namoyish etish niyatida ekanligini ta'kidladi.
Yakunda Vazirlik va CR tashkiloti quyidagi loyihalarda hamkorlik qilishga kelishib olishdi:
— noyabr oyida Ziyorat turizmi haftaligini tashkil etish, ekspertlarni jalb etishda hamkorlik qilish;
— xorijiy sayyohlarga ko‘rsatiladigan xizmat turlari va sifatini o‘rganish uchun hamkorlikda tadqiqotlar va so‘rovnomalar o‘tkazish;
— “CrescentRating” tashkilotiga O'zbekistonda vakolatxona ochishda amaliy ko‘mak berish;
— O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yo'lbo'yi sanitariya infratuzilmasini yaxshilash bo'yicha loyihalarda Malayziya va Singapur tajribasini o‘rganish hamda vazirlikka konsultativ yordam ko'rsatish;
— O‘zbekiston va asosiy turizm shaharlari uchun "Muslim guide book" kitobini tayyorlash hamda nashr qilish (CR tashkilotining Nyu-York shahri va Keyptaun shaharlari uchun yaratilgan qo'llanmalari misolida);
— O‘zbekistonda Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari turfirmalari bilan hamkorlikda “Umra trip training center” markazini tashkil qilish masalasini o'rganish va boshqalar.