Muhokama ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish va temir yoʻl transporti sohasidagi kelajakdagi loyihalarni samarali ilgari surish istiqbollariga qaratilgan boʻlib, ikki tomon oʻrtasidagi hamkorlikning yangi toʻlqini boʻldi.
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari Х.Рахметов va “CRRC Corporation Limited” boshqaruvi raisi Sun Yongai raisligida temir yoʻl transportini modernizatsiya qilish boʻyicha strategik qadamlar muhokama etildi. Mutaxassislar muhim jihatlarni, jumladan, elektrovozlarni modernizatsiya qilish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni muhokama qildilar, deb xabar beradi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ matbuot xizmati.
Maʼlumot uchun, CRRC yuqori tezlikdagi elektr poyezdlari, yuqori quvvatli lokomotivlar, yuk va yoʻlovchi vagonlari va shahar temir yoʻl transporti vositalari kabi mahsulotlarni ishlab chiqaradi. Hozirgi vaqtda CRRC mahsulotlari taxminan 100 ta mamlakatga eksport qilinyapti.