Bu boʻyicha “Dafn etish ishlarini tashkil etish va hisobini yuritish tizimini takomillashtirish hamda sohada samarali nazorat qilish mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (735-son, 21.11.2025-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2026-yil 1-iyunga qadar “FHDYOning yagona elektron arxivi” axborot tizimining “Dafn etish ishlarini roʻyxatga olish yagona elektron daftari” moduli va uning mobil ilovasi ishlab chiqiladi.
2026-yil 1-martdan vafot etgan shaxsning oʻlimi qayd etilgandan soʻng uning eri (xotini), ota-onasi, farzandlarining YAIDXP (my.gov.uz) dagi shaxsiy kabinetiga oʻlim qayd etilgani haqida QR-kodli maʼlumotnoma bepul yuboriladi.
Ushbu QR-kod tushirilgan maʼlumotnoma gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi.
2026-yil 1-iyuldan 31-dekabrgacha Toshkent shahrida eksperiment tariqasida dafn etish ishlarini amalga oshirishning quyidagi tartibi joriy etiladi:
- qabriston mudiri (nazoratchisi) tomonidan vafot etgan shaxslarni dafn etishga ruxsat berish faqat elektron modul yoki uning mobil ilovasidan foydalangan holda amalga oshiriladi;
- qabriston mudirlari (nazoratchilari) tomonidan dafn etish ishlarini roʻyxatdan oʻtkazishni qogʻoz shaklida yuritish tartibi bekor qilinadi.








