Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan 11 aprel kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida vazir o‘rinbosari Ramazon Ashropov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, uning natijalariga ko‘ra mazkur mansabdor ishdan bo‘shatilgan.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Xudoyberdiyevning profilaktika inspektorlariga “300 ta ma’muriy bayonnoma tuzish” rejasini belgilab bergani aks etgan audio tarqalgan edi.

Unda u xodimlarga ko‘chaga chiqishni buyurgani, daydi shaxs topilmagan taqdirda esa qarindoshi yoki o‘zini ham shu toifaga kiritish haqida ko‘rsatma bergani jamoatchilikda keskin muhokamalarga sabab bo‘lgan.