Dakkadagi tartibsizliklarda kamida 50 kishi jarohat oldi

    Bangladesh sobiq Bosh vazir Shayx Hasina o'lim jazosiga hukm qilinganidan keyin mamlakatda sodir bo'lgan tartibsizliklarda kamida 50 kishi, jumladan, politsiya va harbiylar jarohat oldi.

    Bu haqda Dhaka Tribune gazetasi xabar berdi.

    Tartibsizliklar muzey joylashgan va Shayx Hasinaning otasi, respublika asoschisi deb hisoblangan Shayx Mujibur Rahmonning sobiq qarorgohi bo'lgan Dakkada boshlandi, deb xabar berdi report.az.

    “Yuzlab odamlar, asosan talabalar, muzey binosini buzish niyatini e'lon qilishdi. Ular ikkita buldozer olib kelishdi. Politsiya namoyishchilarning muzey hududiga barrikadalar orqali kirishiga to'sqinlik qildi. Huquqni muhofaza qilish organlari olomonni tarqatish uchun ko'z yoshartuvchi gaz va shovqinli granatalardan foydalandi”, deyiladi maqolada.