Dam olish kunlari havo iliq boʻladi

    “Oʻzgidromet“ agentligi dam olish kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.

    Qayd etilishicha, haftaning dam olish kunlarida Oʻzbekiston boʻyicha havo asta-sekin iliqlashadi.

    Bugun kunduzi havo harorati 8-11 dara jailiq atrofida boʻladi, yakshanba kuni esa termometr ustuni 14-17 daraja iliqqacha koʻtariladi.

    Kechalari harorat biroz sekin koʻtariladi va 0-5 daraja iliqni, shimolda baʼzi joylarda 1-2 daraja sovuqgachani tashkil etadi.

    Ushbu kunlarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan birozdan oʻrtacha tezlikgacha esadi.

    Poytaxtimizda: yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat asosan kechlari 0-3 daraja iliq, kunduz kunlari 15-noyabrda 8-11 daraja iliq, 16-noyabrda 11-13 daraja iliq, 17-noyabrda 14-16 daraja iliq boʻladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.