“Oʻzgidromet“ agentligining xabar berishicha,
faqat 2-noyabrda kechasi va kunning birinchi yarmida Toshkent viloyatining togʻ oldi va togʻli hududlarida, Fargʻona vodiysi viloyatlarining baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi.
Havo harorati asta-sekin koʻtariladi va yakshanba kuni 22-25 daraja iliq qiymatiga yetadi. Sharqiy yoʻnalishdagi shamol 7-12 m/s tezlikda esadi.
Poytaxtimizda: 1-3-noyabr kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechalari 8-10 daraja iliq, 2-noyabr kuni kunduzi 19-21 daraja iliq, 3-noyabr yakshanba kuni esa 23-25 daraja iliq boʻladi.