Bugun kunduzi Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarining ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Qolgan hududlarda esa yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Sinoptiklar ma'lumotiga ko‘ra, 11–12 aprel kunlari respublika hududining katta qismida havo quruq bo‘ladi. Faqat Samarqand va Jizzax viloyatlarida ayrim joylarda, shuningdek Farg‘ona vodiysida qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi ehtimol qilinmoqda.
Havo harorati kechalari 8–13 daraja, kunduzi 20–25 daraja atrofida bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shu bilan birga, sel-suv toshqinlari yuzaga kelish xavfi bor.
Toshkent shahrida esa 10–12 aprel kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan o‘rtacha tezlikda esadi. Harorat kechasi 11–13 daraja, kunduzi 23–25 daraja bo‘ladi.