Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.
Shanba kunduzi asta-sekin havo harorati pasayadi va +21…+26 darajani, shimolda +15…+20 darajani, yakshanba kuni +28…+23 darajani, shimolda +13…+18 darajani tashkil etadi. Havo harorati kechalari +6…+11 darajagacha, shimolda +3…+8 darajagacha pasayadi.
Dam olish kunlari yogʻingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat 18-oktyabr kuni kechga tomon Buxoro, Navoiy viloyatlarida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. 19-oktyabrda togʻoldi va togʻli hududlarda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, baland togʻlarda qorga aylanishi mumkin. Shamol 7−12 m/s tezlikda esadi.
Toshkent shahrida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati juma kunduzi
+25…+27 daraja, shanba kuni +23…+25 daraja, yakshanba kuni +19…+21 daraja boʻladi. Kechalari harorat asta-sekin +8…+10 darajagacha pasayadi.









