Unga koʼra, bugun kunduz kuni Oʼzbekiston hududining katta qismida havo harorati 25-30°, janubiy hududlarda 35° atrofida boʼlgan quruq va iliq ob-havo boʼlishi kutilmoqda.
Faqat Qoraqalpogʼiston Respublikasida va kunning ikkinchi yarmida Toshkent viloyati va Fargʼona vodiysi viloyatlarida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʼir yogʼishi kutilmoqda, momaqaldiroq boʼlishi mumkin.
Respublikaning ayrim joylarida doʼl yogʼishi mumkin.
20-mayda faqat Toshkent viloyati va Fargʼona vodiysi viloyatlarida qisqa muddatli yomgʼir yogʼadi, togʼ oldi va togʼli hududlarda baʼzi joylarda yomgʼir kuchli yogʼishi, momaqaldiroq boʼlishi mumkin. Respublika boʼyicha baʼzi joylarda shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang-toʼzon bilan kuzatiladi.
21-mayda Oʼzbekiston hududi boʼyicha havo ochiq va quyoshli boʼladi. Kunduzgi havo harorati koʼtariladi va 31-33° ni, janubda va choʼl hududlarda 35-38° ni tashkil etadi.
19-20-mayda respublikaning togʼ oldi va togʼli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Poytaxtimizda bugun kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomgʼir yogʼadi, momaqaldiroq boʼlishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda yesadi. Harorat 25-27° boʼladi.
Shanba kuni qisqa muddatli yomgʼir yogʼishi, momaqaldiroq boʼlishi mumkin.
Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-17°, kunduzi 27-29° boʼladi.
Yakshanba kuni yogʼingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 16-18°, kunduzi 28-30° boʼladi.